TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. "Rossiya sabrimizning poyoni borligini tushunmog‘i lozim. Shu kunlarda bizni birinchi galda qiziqtirayotgan masala bu Asadning javobgarlikka tortilishidir”, — deb ta’kidladi Jon Kerri.
Uning so‘zlaridan Frans Press agentligi iqtibos keltirgan, RIA Novosti xabari asosida.
AQSh va ko‘pgina G‘arb mamlakatlari Asad mamlakat prezidentligidan ketishi lozimligini uqtirib kelishmoqda. Ular fikricha, Suriyada yuz bergan mojaro sababchisi aynan Asad. Rossiya tomon esa Asadning taqdiri va Suriyani kim boshqarishini faqatgina suriyaliklar hal etishi mumkinligini ko‘p marotaba takrorlab kelgan.