TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Toshkentda ShHT davlat rahbarlari ishtirokida sammit o‘tkazish munosobati bilan 15-25 iyun kunlari O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tish cheklanadi, faqat ayrim toifadagi fuqarolar bundan mustasno, deb xabar berdi Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi.
Qirg‘iziston davlat chegarasi xizmati Chorshanba kuni tarqatgan xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 15-25 iyun kunlari Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Turkmaniston fuqarolari va yuk avtomobillarini chegaradan o‘tkazishni cheklaydi.
“O‘zbekiston tomoni tarqatgan xabarga ko‘ra, chegaradan o‘tkazish tartibi haqidagi davlatlararo shartnomaning 6 bandiga muvofiq, 15-25 iyun kunlari davlarlararo chegarani avtomobilda kesib o‘tish nuqtalarida vaqtinchalik cheklov o‘rnatiladi. Ushbu cheklov ShHT davlatlarining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan sammiti bilan bog‘liq”, — deyilgan "Novosti-Kazaxstan" agentligi Qozog‘iston MXQdan olgan rasmiy xabarda.
Quyidagi toifadagi fuqarolar, yuqoridagi cheklovdan mustasno ravishda, chegarani kesib o‘tishi mumkin: diplomatik xizmatlar vakillari, xalqaro tashkilot vakillari, o‘z vataniga qaytayotgan O‘zbekiston, Qozog‘iston va uchinchi mamlakat fuqarolari, rasmiy delegatsiyalar tarkibida bo‘lgan boshqa mamlakat aeroportidan uchib ketish uchun aviabilet va taklifnomalari bo‘lgan fuqarolar, ikki mamalkatdan birining fuqarosi bo‘lgan xalqaro yuk tashuvchi avtomobillar haydovchilari.
“O‘zbekiston tomonidan olingan ma’lumot, xizmat faoliyatida hisobga olindi”, — deyilgan matbuot-xizmati xabari so‘ngida.
ShHT davlat rahbarlari ishtirokidagi sammit Toshkentda 23-24 iyunda bo‘lib o‘tadi.