O‘zbekiston qo‘shni mamlakat fuqarolari uchun vaqtincha chegaralarni yopdi

© Sputnik / Samvel Sepetchan / Mediabankka o‘tishChegaradan o‘tish nazorat punkti
Chegaradan o‘tish nazorat punkti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yopish sabablari xabar qilinmagan. Taxminlarga ko‘ra bu shaharda 23-24 iyunda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ShHT sammiti bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston, bugundan boshlab, qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Turkmaniston fuqarolariga mamlakat hududiga kirishni 25-iyunga qadar ta’qiqladi, RIA Novosti, Qirg‘iziston Chegara xizmati xabariga asosan.

“O‘zbekiston 15-iyundan 25-iyunga qadar Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Turkmaniston fuqarolariga mamlakat hududiga kirishni, trasport vositalarida kirishni va yuk olib kirishni ta’qiqladi. Osh viloyatining Barak eksklavi aholisi bundan mustasno. Ular o‘zbek-qirg‘iz chegarasini kesib o‘tishi mumkin”, — deyilgan xabarda.

Ta’qiq sabablari aniq e’lon qilinmagan. Taxminlarga ko‘ra bu shaharda 23-24 iyunda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Shanxay Hamkorligi Tashkiloti sammiti bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0