TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Germaniya Federativ respublikasining teng yarim aholisi o‘zlarini “o‘z yurtida chet ellikdek” his qilishmoqda; chorshanba kuni e’lon qilingan so‘rovnoma natijasi shuni ko‘rsatmoqda. RIA Novosti xabari asosida.
Leypsig universiteti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, xuddi shunday fikrda bo‘lgan respondentlar soni 2014-yilga nisbatan 7%ga oshib, 50%ni tashkil qilgan. Har o‘nta nemisdan to‘rttasi Germaniyada musulmonlar uchun ta’qiq e’lon qilininishini xohlashlarini ma’lum qilishgan.
Germaniya aholisi o‘rtasida migrantlarga nisbatan skeptitsizm o‘sib bormoqda, deb yozadi Frans Press agentligi. So‘rovnomada ishtirok etgan har besh nafar nemisdan uchtasi qochoq nomiga da’vogar migrantlarning aksariyati aslida “o‘z yurtida ta’qibga olinmagan”, degan fikrni bildirgan.
So‘rovnomada 2,5 ming kishi ishtirok etgan.