Simog‘ochga urilgan avtobus haydovchisi ishdan haydalishi mumkin

Obuna bo‘lish
Avtobus haydovchisining taqdiri rasmiy ekspertiza natijalari olinganidan keyin hal qilinadi. Hozircha u vaqtincha ishdan chetlashtirilgan.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘tgan hafta Beshqayrog‘ochda sodir bo‘lgan avariyada №53 raqamli shahar yo‘lovchi avtobusi simog‘ochga urilib jiddiy shikastlangan, bir necha yo‘lovchi jarohatlangan edi, deb yozadi nuz.uz nashri.

YTH rasmiy ekspertizasi natijalari hali tayor emas. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, issiqdan haydovchi rostdan ham o‘zini yomon his qilgan, shuning uchun u transport vositasi ustidan nazoratni yo‘qotgan – deb 18 18-avtobus parki direktori o‘rinbosari Javohir Ahmedovning so‘zlarini keltiriadi nashr.

Ahmedov aytishiga qaraganda, haydovchi tezlikni oshirmagan, hech kimni quvib o‘tmagan, YTH vaqtida avtobus tezligi 51 km/soatni tashkil qilgan. Avtobus ichida 15 yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 4 kishi jarohatlangan, qubobnlar yo‘q.

YTH oqibatlari - Sputnik O‘zbekiston
Shahar avtobusi katta tezlikda elektr ustuniga borib urildi

Ahmedovning so‘zlariga qaraganda, haydovchi taqdiri rasmiy ekspertiza natijalariga qarab hal qilinadi. Hozircha avtopark xodimi vaqtincha ishdan chetlatilgan. Ekspertiza natijasida uning aybi aniqlansa — u ishdan bo‘shatilishi aniq.

Direktor o‘rinbosari aytishiga qaraganda, YTH natijasida avtobus jiddiy zarar ko‘rmagan va yaqin orada ta’mirlanib ishga tushadi.

Yangiliklar lentasi
0