O‘zbekistonda O‘rta Osiyoda eng uzun tunnel qurib bitkazildi

© Sputnik / Aleksey Bushkin / Mediabankka o‘tishTemir yo‘l tunneli
Temir yo‘l tunneli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurilgan tunnelning uzunligi 19 kilometrdan ziyod bo‘lib, u Farg‘ona viloyatini mamlakatning boshqa shaharlari bilan ulaydi. Tunnelda qatnov iyun oyining oxirida boshlanish rejalashtirilgan.

 

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Xitoyning China Railway Tunnel Group kompaniyasi Qamchiq dovoni orqali temir yo‘l tunneli qurilishini yakunladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” vakilining so‘zlariga qaraganda, uzunligi 19 kilometr bo‘lgan, ushbu tunnel O‘rta Osiyoda eng uzun temir yo‘l tunneli bo‘ldi.

“Tunnelda temir yo‘l izlari va kommunikatsiya vositalari o‘rnatilgan. O‘tgan dam olish kuni poyezdning sinov  qatnovi o‘tkazildi”, — deyishdi kompaniyada. Poyezdlarning tunnel orqali doimiy harakati iyun oyining oxirida boshlanishi rejalashtirilgan.    

China Railway Tunnel Group kompaniyasi 2013-yil yozida “O‘zbekiston temir yo‘llari” bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaning umumiy qiymati 455 million dollarni tashkil qildi. Shartnoma doirasida Xitoylik korxona uzunligi 19,2 km bo‘lgan tunnel va favqulodda holatlarda kerak bo‘ladigan alohida yer osti yo‘lagi qurib bitkazdi. 

Qamchiq dovonida temir yo‘l tunneli qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
“Qamchiq” dovoni orqali temir yo‘l tunneli o‘tkazish yakunlanmoqda

Ushbu tunnel umumiy uzunligi 124 kilometr bo‘lgan “Angren – Pop” temir yo‘lining bir bo‘lagiga aylanadi. Natijada Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning boshqa viloyatlari bilan qulay temir yo‘l aloqasi bilan bog‘lanadi va kelajakda Qirg‘iziston va Xitoy temir yo‘l tizimlariga ulanishi rejalashtirilgan.

Loyiha xalqaro tashkilotlar moliyasi asosida amalga oshirilmoqda. Investitsiyalarning umumiy qiymati 1,68 mlrd dollarni tashkil qildi.

“Qamchiq” dovoni dengiz sathidan 2,2ming metr balandlikda joylashgan. Dovon orqali O‘zbekistonni Farg‘ona vodiysi bilan ulaydigan yagona avtomobil yo‘li joylashgan. Qish vaqtida yog‘ingarchilik kuchayganda dovon orqali qatnov ancha mushkullashadi. Yangi temir yo‘l aloqasi ushbu muammoning muvaffaqiyatli yechimi bo‘lishi shubhasiz.

 

Yangiliklar lentasi
0