YeI Turkiya uchun vizani bekor qilmasa ham Erdo‘g‘on bundan xafa bo‘lmaydi

© AP Photo / Francois MoriTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Yevropa Ittifoqi ertami-kechmi, baribir, Turkiya fuqarolari uchun vizani bekor qilishiga ishonmoqda.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on agar YeI turkiyaliklar uchun viza rejimini osonlashtirmasa, bundan xafa bo‘lmasligini ma’lum qildi, RIA Novosti xabari asosida.

YeI va Turkiya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
YeI va Turkiya o‘rtasidagi viza tartibini erkinlashtirish bo‘yicha uchrashuv bekor qilindi

Chorshanba kuni Turkiya prezidenti matbuot-kotibi Ibragim Kalin mamlakat Yevropa Ittifoqi qo‘yayotgan talablarga rozi bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi.

"Ishonchim komilki, ertami-kechmi YeI Turkiya uchun viza rejimini osonlashtiradi. Bu amalga oshmagan taqdirda ham, shaxsan men, prezident sifatida, bunga kuyunmayman. Afsuski, ayni vaqtda Yevropa ikkiyuzlamachilik bilan shug‘ullanmoqda. Bir tomondan bir qator Lotin Amerika mamlakatlari fuqarolari uchun viza tartibini osonlashtirayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan — YeIga a’zolik borasida muzokara olib borayotgan Turkiya fuqarolari uchun vizani saqlab turibdi", — deb ta’kidladi Erdo‘g‘on ATV telekanalida chiqish qilar ekan.

Erdo‘g‘on, shuningdek, Turkiya 1963-yildan beri YeIga a’zolik qilish borasida muzokara olib borayotganini eslatib o‘tdi. "Men uzoq yillar davomida YeI rahbarlari sammitida qatnashganman. O‘sha davrda Yevropa Ittifoqi a’zolari soni 15 ta edi, keyin 28 taga yetdi. Afsuski, YeI shu paytga qadar qabul qilinishi kerak bo‘lgan qarorni qabul qilmadi", — deb ta’kidladi Turkiya rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Yevropaga viza bekor qilinishi uchun YeI Turkiyaga 5ta shart qo‘ygan. Terrorchilikka qarshi kurash qonunchiligining qayta ko‘rib chiqilishi, ana shu shartlardan biri edi.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Yevrokomissiyaning bu pozitsiyasini qattiq tanqid ostiga oldi va Anqara terrorchilikka qarshi qonunlarga o‘zgartirish kiritmasligini ma’lum qildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: Turkiya o‘z yo‘lida bormoqda, Yevropaga ham shuni tilaymiz
Yevrokomissiya 4-maydan boshlab, Turkiya fuqarolari uchun cheklovlarni bekor qilish taklifini kiritgan. Buning uchun, iyun oyi oxiriga qadar Turkiya mamlakatda korrupsiyaning oldi olishi, Yevropol bilan tezkor ravishda bitim tuzish muzokaralarini o‘tkazishi, YeI tarkibiga kiruvchi barcha mamlakatlar bilan sud hamkorligini yo‘lga qo‘yishi, shuningdek, ma’lumotlar himoyasi bo‘yicha qoidalarni YeI standartlariga muvofiqlashtirishi lozim.

Viza tartibini erkinlashtirish — Anqara va Brussel o‘rtasida mart oyida qochqinlar borasida tuzilgan kelishuvning bir qismidir. Yevropaga yo‘l ochilishi uchun Anqara Yevropa Ittifoqining 72ta shartini bajarishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0