TOShKENT, 27-may — Sputnik, Kseniya Naka. Xirosima qurbonlarini xotirlash marosimida AQSh prezidenti Barak Obama ham ishtirok etdi, RIA Novosti xabari asosida.
Tadbir so‘ngida Amerika prezidenti atom bombasidan zararlanganlar yoniga borib, ular bilan qo‘l berib ko‘rishdi.
Eslatib o‘tamiz, 1945-yilning avgustida amerikalik uchuvchilar tomonidan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlari ustidan tashlangan atom bombalar Xirosimada — 140 ming, Nagasakida — 74 ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Xirosima va Nagasakining atom bombasi hujumiga duchor qilinishi insoniyat tarixida yadroviy qurol tinch aholiga qarshi ishlatilganining yagona misolidir.
Shu paytga qadar Amerikaning birorta prezidenti Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashrif uyushtirmagan.