Obama Xirosima meridan uzr so‘ramaydigan bo‘ldi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishXirosima
Xirosima - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xirosima meri Kadzumi Matsui, agar Barak Obama shaharga qadamranjida qiladigan bo‘lsa, undan 70-yil oldin sodir etilgan bombardimonlar uchun uzr so‘rashni talab qilmasligini aytdi.

TOShKENT, 21 apr — Sputnik, Yekaterina Plyasunkova. Xirosima meri Kadzumi Matsui agar AQSh prezidenti Barak Obama shaharga tashrif uyushtirsa, undan bombardimonlar uchun uzr so‘rashni talab qilmaydi, deb xabar qilmoqda Kiodo agentligi, RIA Novosti xabari asosida.

AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obama: Amerika o‘z yadro qurolini Yaponiya va Janubiy Koreyaga topshirmaydi

Jurnalistlar tomonidan berilgan Obamaning tashrifi haqidagi savollarga javob berar ekan, Mitsui bu tarixiy voqea ro‘y berishi “ehtimolga ancha yaqin”ligini tasdiqladi, va shunday bo‘lgan taqdirda Obama faqat yodgorliklarni aylanish bilan cheklanib qolmay, balki bombardimonlarga guvoh bo‘lgan shahar aholisi bilan ham uchrashishiga umid bildirdi.

"Shubhasiz, bizda atom bombalari uchun javobgarlik masalasini ko‘tarish istagi bor, ammo bu hodisa 70-yil oldin ro‘y bergan va keyingi avlod ushbu muammoni yengishi lozim”, — deya ta’kidladi Xirosima meri.

1945 yilning avgustida amerikalik uchuvchilar tomonidan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlari ustidan tashlangan atom bombalar Xirosimada — 140 ming, Nagasakida – 74 ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi.  Xirosima va Nagasakining atom bombasi hujumiga duchor qilinishi insoniyat tarixida yadroviy qurol tinch aholiga qarshi ishlatilganining yagona misolidir.
Shu paytga qadar Amerikaning birorta prezidenti Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashrif uyushtirmagan.

Yangiliklar lentasi
0