TOShKENT, 26-may — Sputnik. "Katta yettilik" mamlakatlari rahbarlari payshanba kuni bo‘lib o‘tgan ishchi kechlik davomida mahalliy oshxona taomlari hamda sovg‘alar bilan siylandi. RIA Novosti xabari asosida.
Bosh vazir rafiqasi esa "yettilik" rahbarlari rafiqalariga Yaponiyadagi eng mashhur firmalarning biri — Mikimoto tomonidan yasalgan marvariddan yasalgan to‘g‘nag‘ichlarni sovg‘a qildi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe raisligida bo‘lib o‘tgan G7 sammitida AQSh prezidenti Barak Obama, Fransiya prezidenti Fransua Oland, Germaniya kansleri Angela Merkel, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron, Italiya Bosh vaziri Matteo Rensi, Kanada Bosh vaziri Jastin Trudolar ishtirok etishdi.
Sammit yakunida Italiya Bosh vaziri Matteo Rensi 2017-yilda "katta yettilik" sammiti 26-26 may kunlari Italiyada o‘tkazilishini ma’lum qildi.