Ciyosatshunos: G7 – AQSh "ko‘zgusi", ko‘zgular bilan gaplashish esa befoyda

© AFP 2023 / TOSHIFUMI KITAMURA Yaponiyada "katta yettilik" sammiti bo‘lib o‘tmoqda
Yaponiyada katta yettilik sammiti bo‘lib o‘tmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan G7 ga a’zo mamlakatlarning 42-sammiti shu formatda o‘tkaziladigan eng so‘nggi sammit bo‘lishi kutilmoqda. “Atavizm (badbasharalik, majruhlik ko‘rinishi) anomaliyasi kasb etuvchi ushbu sammit hech qanday foydali maqsadga xizmat qilmaydi”, deb yozmoqda Forbes nashri.

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Forbes nashri fikriga ko‘ra, "Katta yettilik"ni allaqachon tarqatib yuborish kerak edi — sababi, u hech qanday foydali maqsadga xizmat qilmaydigan atavizm anomaliyasining bir ko‘rinishi, xolos.

G-7 ga a’zo mamlakatlar rahbarlari qiyofalari aks ettirilgan sharlar - Sputnik O‘zbekiston
G7 mamlakatlari rahbarlari Yaponiyaga yetib kelishdi
"Yettilik" 1998-yilda Rossiya hisobiga rasman G8 tarzida kengaytirilgan edi. Ammo o‘tgan yil Qrim yarim oroli atrofida yuz bergan mojarolar tufayli klub a’zolari Sochida bo‘lib o‘tadigan G8 sammitida ishtirok etmaslikka qaror qilib, buning o‘rniga Brusselda to‘planishgan edi. "Katta yettilik" tarkibiga ayni vaqtda Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya va Yaponiya kiradi.

So‘nggi o‘n yil ichida dunyoda ulkan o‘zgarishlar yuz berdi: G‘arb ilgari bo‘lgani kabi, koinotda yetakchilik qilmay qo‘ydi, shu bois ham, G7 ni saqlab turishdan hech qanday naf qolmadi. Kamiga, "yettilik" o‘rniga allaqachon global tashkilot bo‘lmish — "Katta yigirmatalik" kelgan, deb yozadi Forbes.

Regional muammolar instituti Bosh direktori Dmitriy Juravlev Forbes ekspertlari haqligini tasdiqlamoqda.

"Forbesning har bitta yozgan gapida jon bor. Haqiqatan ham, "katta yettilik" tashkil etilayotgan vaqtlarda, G‘arb davlatlari jahon iqtisodiyotida salmoqli o‘rin egallar edi. Bugungi kunda ularning orqasida Xitoy, Hindiston, Braziliya davlatlari bo‘y ko‘rsatib, kundan kunga jadal ravishda rivojlanib bormoqda.

G7 formatidagi uchrashuvlar endilikda siyosatni emas, balki u haqdagi xotiralarni eslatmoqda. "Yettilik" davlatlarining ro‘y berayotgan hodisalarga ta’sir o‘tkazishi sezilarli darajada pasaygan va bu haqiqatni inkor etib bo‘lmaydi. "Yettilik" a’zolari jarayon ishtirokchilari maqomini yo‘qotib, AQSh ko‘zgusiga aylandi. Ko‘zgular bilan esa hech kim gaplashishni xohlamaydi. Nega? Chunki bu befoyda. Yigirmatalik" a’zolari esa "AQSh qirolining mulozimlari" emas. "Yettilikdan" farqli o‘laroq "yigirmatalik" — bu muammolar hal qilinadigan maydondir", — dedi Dmitriy Juravlev Sputnik radiosi efirida.

Yangiliklar lentasi
0