O‘zbekistondan 5 kilo tilloni olib chiqib ketishga uringan jinoyatchilar qo‘lga olindi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishQuyma oltin
Quyma oltin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uddaburro jinoyatchilar katta miqdordagi qimmatbaho metallni "Samarqand - Moskva" aviareysi orqali olib chiqib ketishga uringan.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmati xodimlari O‘zbekistondan 5 kilodan ziyod tilloni olib chiqib ketishga uringan kontrabandistlarni qo‘lga oldi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga MXX idorasidagi manba.

Jinoyatchilar yirik miqdordagi oltin metallarni "Samarqand — Moskva" aviareysi orqali olib chiqib ketishga urinishgan. Oltinlar nazoratdan o‘tish vaqtida samarqandlik 44 yashar Zarifa Haydarova, 55 yashar Mamlakat Xolbekova va 39 yashar Feruza Zokirovalarga tegishli chemodanlarning ichki qismidan topilgan.

"Tezkor guruh xodimlari chin ma’noda xazinaga duch kelgan, deb aytish mumkin. Kulrangga bo‘yalgan 17 dona sof quyma oltin bo‘laklari (2 kilo 600 gramm) chemodanlar tutqichlarining ichki tomoniga yashirilgan. Yana 1 kiloyu 150 gramm oltin metall esa 28 dona tugma ko‘rinishida kiyimlarga qadab chiqilgan. 575 gramm oltin milliy liboslarga bezak ko‘rinishida qadalgan bo‘lsa, 875 gramm oltin 19ta xalqa ko‘rinishida sumkalarga joylangan", deb ta’kidladi manba.

Tergov davomida uchchala ayol ham konrabanda zargarlik buyumlari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan uyushgan jinoiy guruh a’zolari ekanliklari aniqlandi. Ular bu tillolarni Rossiya hududidan Hindistonga olib chiqib ketishni rejalashtirishgan.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov ishlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0