TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovni Toshkentda o‘tkazilgan ShHT TIV rahbarlari kengashi yig‘ilishidan keyin uchrashuv o‘tkazishga taklif qildi.
"Avvalo siz bilan bugunning asosiy voqeasi bo‘lgan ShHT TIV rahbarlari kengashining yig‘ilishi yakunlarini muhokama qilmoqchiman. O‘ylaymanki, ba’zi savollar tug‘ilgan va ba’zi masalalarda fikrlar almashishimiz kerak", degan O‘zbekiston rahbari.
"Fursatdan foydalangan holda prezidentingiz Putinga uning Moskvadagi iliq qabuli uchun (aprel oyidagi — tahririyat) yana bir tashakkur yo‘llayman", deya qayd etgan Islom Karimov.
O‘zbekiston prezidenti "Putin bilan uchrashuv muhim masalalarni muhokama qilish imkoniyatini yaratgan holda o‘ta foydali kechgan".
"Rasmiy protokoldan tashqari samimiy ruhda suhbat qurganimiz ajoyib bo‘ldi. U ham o‘sha vaqtda Moskvaga endi uchib kelgandi va men ham Moskvaga borishim bilan o‘zaro uchrashuv boshladi va men uning ishchanligini yana bir bor e’tirof etdim. U bilan o‘zaro munosabatlardagi bir qator muhim masalalarni muhokama qilganimiz uchun unga minnatdorchilik bildiraman", deya qo‘shimcha qiladi Islom Karimov.
O‘z navbatida, rossiyalik vazir O‘zbekiston rahbarini ShHT TIV rahbarlari kengashining Toshkentdagi yig‘ilishi ajoyib tashkillashtirilgani bilan tabrikladi.
"Iyun oyida O‘zbekiston poytaxtida o‘tadigan sammit tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Unda Hindiston va Pokistonning ShHTdagi majburiyatlari haqidagi memorandumlar imzolanishi e’tiborga molikdir", deya qayd etgan Lavrov.