ShHT TIV rahbarlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida qator hujjatlarni imzoladilar

Obuna bo‘lish
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti 23-24 iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Bugun Toshkentda boshlangan yig‘ilish davomida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlar Tashqi ishlar vazirlari qator hujjatlarni imzoladilar. Shu jumladan, Hindiston va Pokistonni tashkilotga qabul qilish jarayonini belgilovchi hujjatlar qabul qilindi.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar TIV rahbarlari Toshkentda uchrashishdi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ShHT TIV rahbarlari sharafiga kechki ziyofat tashkillashtirildi
Ishchi yig‘ilishda O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov, Qozog‘iston TIV rahbari Yerlan Idrisov, Xitoy TIV rahbari Van I, Qirg‘iziston TIV rahbari Erlan Abdillayev, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, Tojikiston TIV rahbari Sirojiddin Aslov, ShHT bosh kotibi Rashid Alimov hamda ShHTning Hududiy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev ishtirok etishmoqda.

ShHTga a’zo mamlakatlar TIV rahbarlari quyidagi hujjatlarni imzoladilar:

"23-24 iyun kunlari Toshkent shahri mezbonlik qiladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishining kun tartibi loyihasi", "ShHT tashkil topganining 15-yilligi munosabati bilan rasmiy Toshkent tayyorlagan deklaratsiya loyihasi", "ShHTni 2025-yilgacha rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha loyihalar", "Hindistonni ShHTga a’zolikka qabul qilish bo‘yicha muzokara jarayoni", "Pokiston Islom Respublikasini ShHTga a’zolikka qabul qilish bo‘yicha olib boriladigan muzokara jarayoni".

Yangiliklar lentasi
0