TOShKENT, 24-may — Sputnik. Halokatga uchragan EgyptAir samolyoti qurbonlari tana qoldiqlari analiz qilindi. Tahlillar natijasi, samolyot bortida portlash ro‘y berganini ko‘rsatmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Assoshieyted Press kriminalistidan olingan ma’lumot asosida.
Fojia qurbonlari tana qoldiqlarini o‘rganishda ishtirok etgan surishtiruv guruhining bir a’zosi Qohiraga 80 dona inson tana a’zolari qismlari olib kelinganini aytdi. "Ular orasida, hatto butun qo‘l yoki oyoq mavjud emas. Bundan kelib chiqib taxmin qilish mumkin-ki, samolyot bortida portlash bo‘lgan", — dedi kriminalist.
"Ammo portlash qanday va nima sababdan sodir bo‘lganini ayta olmayman", — qo‘shimcha qildi suhbatdosh.
Misrlik ekspert-kriminalistlarning xabariga ko‘ra, portlovchi moddalar izlari hozircha aniqlanmagan, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.