Osmonda g‘oyib bo‘lgan samolyot bortida 66 nafar odam bo‘lgan

© REUTERS/Amr Abdallah DalshEgyptAir aviakompanirasiga qarashli samolyot
EgyptAir aviakompanirasiga qarashli samolyot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Payshanba kuni oqshom EgyptAir aviakompaniyasiga tegishli, Parijdan Qohiraga qarab yo‘l olgan yo‘lovchilar samolyoti radarda ko‘rinmay qoldi. Airbus A320 samolyoti bortida 56 nafar yo‘lovchi va o‘n nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘rta yer dengizi ustida g‘oyib bo‘lgan EgyptAir bortida 30 nafar misrlik va 15 nafar fransuz bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Misr Aviatsiya vazirligi.

Shuningdek, samolyot bortida: 1 nafar Buyuk Britaniya fuqarosi, 1 nafar belgiyalik, ikki Iroq fuqarosi, shuningdek 1 nafardan Quvayt, Saudiya Arabistoni, Sudan, Chada, Portugaliya, Jazoir va Kanada fuqarolari bo‘lgan. Layner bortida jami 56 nafar yo‘lovchi va 10 nafar ekipaj a’zolari bo‘lishgan.

Muassasa ma’lumotiga ko‘ra, avialayner bilan aloqa 2:30da uzilgan. Bu vaqtda samolyot O‘rta yer dengizi ustidan uchib borayotgan bo‘lgan.

Fransiya prezidenti Fransua Olland va Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbat davomida samolyotni qidirish ishlarini hamkorlikda olib borishga kelishib oldilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Yangiliklar lentasi
0