Toshkentda ShHT TIV rahbarlari sharafiga kechki ziyofat tashkillashtirildi

Obuna bo‘lish
23 may kuni ShHTga a’zo davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari Toshkent shahrida uchrashishdi va ishchi kechki nonushta davomida muzokaralar olib borishdi, deb yozadi Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova o‘zining feysbukdagi sahifasida.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar TIV rahbarlari Toshkentga yetib kelishdi, deb xabar qilmoqda Rossiya TIV matbuot-kotibi Mariya Zaxarova o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Mariya Zaxarova, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Toshkentga safari haqida ham ma’lumot bergan.

"Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiya ShHT doirasidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Toshkentga yetib bordi. 24-may kuni vazirlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi", deb yozgan Zaxarova.

Tashqi ishlar vazirlari ishchi kechlik vaqtida muzokaralar o‘tkazishgan.

© Stranitsa ofitsialnogo predstavitelya MID RF Marii Zaxarovoy v FacebookToshkentda bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo mamlakatlar TIV rahbarlari ishtirokidagi kechki nonushta
Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo mamlakatlar TIV rahbarlari ishtirokidagi kechki nonushta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo mamlakatlar TIV rahbarlari ishtirokidagi kechki nonushta

"Tuzalgan dasturxon sharqona bozorni eslatadi — shirador va rang-barang", — deya qayd etgan Rossiya TIV vakili matubot-kotibi.

ShHT TIV rahbarlari o‘rtasidagi asosiy uchrashuv 24-may kuniga belgilangan. Unda Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, tashkilot bosh kotibi Rashid Alimov hamda ShHTning Hududiy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi rahbari Yevgeniy Sisoyev ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0