TOShKENT, 23-may — Sputnik, Mixail Alayeddin. Jabl va Tartus shaharlarida ro‘y bergan portlashlar natijasida halok bo‘lganlar soni 130 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"Qurbonlar soni 130 nafarga yetdi. Kasalxonalarda 10 ga yaqin og‘ir jarohatlanganlar bor", — deb xabar began shahardagi ko‘ngilli askarlaridan biri.
Bundan sal oldin Suriyaning Jabl va Tartus shaharlarida ro‘y bergan portlashlar haqida xabar qilgan edik. Umumiy hisobda avtovokzallar oldida yettita portlash ro‘y bergan, shuningdek, Jabldagi "Tez tibbiy yordam" bo‘linmasida terrorchilardan biri belidagi "shahid kamarini" ishga tushirgani ma’lum. Teraktlar uchun javobgarlikni "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi o‘z bo‘yniga oldi.