Suriyada bir qator teraktlar sodir etildi, qurbonlar bor

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSuriya shaharlarida sodir etilgan portlash oqibatlari
Suriya shaharlarida sodir etilgan portlash oqibatlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Portlashlar "kamikadze-terrorchilar" tomonidan sodir etilgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.

TOShKENT, 23-may – Sputnik, Mixail Alayeddin. Curiya Respublikasining Jabl va Tartus shaharlarida qator portlashlar ro‘y berdi, terrorchilar, asosan avtovokzallarni nishonga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Qurbonlar va jabr ko‘rganlar bor. Portlash kamikadze-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan", — deb xabar qilgan RIA Novosti muxbiriga Jabl shahridagi avtovokzal xodimi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Jabl shahrida bir vaqtning o‘zida to‘rtta terakt amalga oshirilgan. Portlashlar oqibatida 45 kishi halok bo‘lgan.

Bundan oldin shaharda uchta portlash ro‘y bergani haqida ma’lumot berilgan edi: birinchi portlash avtovokzal va Davlat energiya kompaniyasi binolari oralig‘ida, yana biri esa shaharga kiraverishda amalga oshirilganligi aytilgandi. So‘ngra, terrorchi Jabl shahridagi "Tez tibbiy yordam" bo‘linmasida  "shohid kamarini" ishga tushirgan.

Oradan ko‘p o‘tmay, jangarilar Suriyaning eng yirik port-shaharlaridan biri bo‘lmish Tartusga hujum qilishgani ma’lum bo‘ldi. Politsiyachilar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, teraktlar oqibatida bu yerda 20 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Yangiliklar lentasi
0