Emomali Rahmon cheklanmagan marta prezident etib saylanishi mumkin

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishTojikiston prezidenti Imomali Rahmon.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston parlamenti Konstitutsiyaga kiritgan o‘zgartirishlar mamlakat prezidenti Emomali Rahmonga cheklanmagan marotaba davlat rahbarligiga saylanish imkonini berdi.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Tojikiston parlamenti Konstitutsiyaga kiritgan o‘zgartirishlar mamlakat prezidenti Emomali Rahmonga cheklanmagan marotaba davlat rahbarligiga saylanish imkonini berdi, xabar qiladi RIA Novosti.

Shuningdek, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, mamlakat prezidentligiga nomzodlarning yosh senzi 35 dan 30 yoshga qisqartirildi.

Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon. - Sputnik O‘zbekiston
Manba: Emomali Rahmonga umrbod Tojikiston prezidenti bo‘lish taklif qilindi

Yangi tuzatishlarda, shuningdek, Adliya Kengashi tarqatilishi ko‘zda tutilgan. Tojikistonning asosiy qonuni endilikda faqat Konstitutsiya, deb ataladi. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, diniy xarakterdagi siyosiy partiyalarni tuzish ta’qiqlandi.

Parlament Quyi palatasi qabul qilingan loyihani Konstitutsion sudga yo‘lladi. Tez orada, ushbu o‘zgarishlar yuzasidan xalq referendumi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0