TOShKENT, 23 may — Sputnik. Turkiya Yevropa Ittifoqiga 3000 yilgacha qo‘shila olmaydi, deb ta’kidladi Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron.
"Turkiya Yevropa Ittifoqiga yaqin orada qo‘shilishi haqida hatto taxmin qilishning ham iloji yo‘q", — degan Kemeron. Uning so‘zlaridan RIA Novosti Britaniya OAVlariga asoslangan holda iqtibos keltiradi.
"Ular YeIga qo‘shilish uchun 1987 yilda ariza tashlashgan. Jarayonning bugungi kundagi rivojlanishi darajasini inobatga oladigan bo‘lsak, so‘nggi prognozlarga muvofiq, ular YeIga taxminan 3000-yilda qo‘shilishlari mumkin", — dedi Kemeron.