Dunyoda

Rossiya - ASEAN sammiti: Su-35dan tortib, "Kalinka"gacha

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka oʻtishRossiya — ASEAN sammiti
Rossiya — ASEAN sammiti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Dunyoning oʻnlab rahbarlari oʻz hamkorlaridan birining maydonida uchrashuv belgilashi tarixda birinchi marta kuzatilmoqda. ASEAN(janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiyatsiyasi)birinchilardan boʻlib bu anʼanani boshlab berdi. Va safarni Rossiyadan boshladi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. 19-20 may kunlari Sochi shahrida Rossiya — ASEAN (Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiyatsiyasi) yubiley sammiti oʻtkazildi. Sammit maydonida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Myanma va Indoneziya prezidentlari, Tailand, Kambodja, Malayziya, Vyetnam, Singapur va Laos Bosh vazirlari bilan uchrashdi.

RF Prezidenti Vladimir Putin Rossiya - ASEAN sammiti yakuni boʻyicha oʻtkazilgan matbuot-anjumanida - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin Kuril orollari haqida: sotadigan narsamiz yoʻq

Rossiya prezidentining soʻzlariga qaraganda, Sochida boʻlib oʻtgan sammit doirasida boʻlib oʻtgan suhbatdan soʻng, ASEAN mamlakatlari Gʻarbdan boʻlayotgan bosimlarga qaramasdan, Moskva bilan yanada yaqin hamkorlik qilishga bel bogʻlaganlar, deb yozadi RIA Novosti.

Xayron qolayotgandirsiz, nega ASEAN Rossiyada toʻplandi, deb? Umuman olganda, tarixda bu hol birinchi marotaba kuzatilmoqda. ASEAN(janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiyatsiyasi)birinchilardan boʻlib bu anʼanani boshlab berdi. Va safarni Rossiyadan boshladi.

Ozgina siyosat haqida

"Vashington, albatta, shu yerda ham aseanchilarga, ular notoʻgʻri yoʻnalish tanlaganlarini "shipshitishga" harakat qildilar. Ammo ASEAN davlatlari, AQShning bu "gʻamxoʻrligiga" odob bilan, ammo mujmal javob qaytarishni lozim topdilar. Shunda Amerika diplomatlari zahiradagi variantni ishga soldilar: hech boʻlmasa, "chiqish sammiti"ni birinchi bizdan boshlanglar, deya taklifni kiritdilar. ASEANchilar rozi boʻlishdi. Ular fevral oyida Amerikaga yoʻl olgan edilar. Mana endi, Sochida paydo boʻldilar

Shuni aytib oʻtish joizki, ASEAN aʼzolari mintaqada qaysidir davlatning yetakchilik qilishiga yoʻl qoʻymaydilar. Deylik, AQSH kuchayib ketyaptimi, ular darhol Xitoy bilan doʻst boʻladilar, va aksincha", — deydi "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentlig siyosiy sharhlovchisi Dmitriy Kosыrev.

Endi esa, sammit atrofida va uning oʻzida roʻy bergan voqealarga qaytamiz. Sammit davomida tilga olingan eng qiziq takliflar va shartnomalar quyidagilar boʻldi: Indoneziya Suriyadagi urushda juda mashhur boʻlib ketgan Rossiyaning "Su-35" qiruvchisini sotib olishga qiziqish bildirdi, Bruney esa "superjet" magistral yoʻlovchi samolyotlarga befarq emasligini yashirmadi, Tailand Rossiya bilan qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik qilishga tayyorligi istagini bildirdi. Bundan tashqari, atom stantsiyalar, zavod va yoʻllar, laboratoriyalar qurish haqida kelishib oldilar…

Rossiya — ASEAN sammitining eng muhim iboralari

Vladimir Putin Rossiya fuqarolari ASEAN davlatlarida dam olishlari mumkinligini aytdi: "Rossiyaliklar har yili dam olib keladigan mamlakatlarda ahvol yaxshilanadi, degan umiddaman. Rossiya va ASEAN davlatlari oʻrtasida turizmni rivojlantirish masalasini muhokama qildik. ASEAN davlatlari rossiyalik sayyohlarni qabul qilishdan manfaatdor", — dedi Rossiya rahbari.

Malayziya Bosh vaziri Najib Tun Razak — sanktsiyalarni tashqi siyosatning eng samarasiz instrumenti, deb taʼkidladi. "Ular(sanktsiyalar) nafaqat samarasiz, balki, oʻsha sanktsiya kiritilgan davlatni oʻz qarorida yanada qatʼiy turishga undovchi instrumentdir. Boshqa tomondan olib qaralganda esa, siyosiy vositalar soni chegalalangan — axir siz urush ochmaysizku, toʻgʻrimi? Ammo, mening nazarimda, eng oxirgi chora boʻlib qolayotgan sanktsiyalarni toʻliq bartaraf etish kerak", — deb taʼkidladi Razzoq Rossiyaga nisbatan kiritlgan sanktsiyalar samarasi haqidagi savolga javob berar ekan.

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka oʻtishRossiya — ASEAN sammiti - Malayziya Bosh vaziri Najib Tun Razak va Rossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya — ASEAN sammiti - Malayziya Bosh vaziri Najib Tun Razak va Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya — ASEAN sammiti - Malayziya Bosh vaziri Najib Tun Razak va Rossiya prezidenti Vladimir Putin

ASEAN, YEII va SHHT hamkorligi: tenghuquqlilik va oʻzaro manfaatlilikka asoslangan uchyoqlama iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganib chiqish haqida aytildi. "Rossiya va ASEAN oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida, 2025 yilgacha ikki tomonlama savdo aylanmasini 100 milliard dollarga yetkazishga harakat qilamiz", deyiladi Rossiya — ASEAN sammitiga tayyorlangan bayonotda.

Rossiya va ASEAN oʻrtasida ilf-fan sohasida 10 yillik hamkorlik haqida reja imzolandi. Hujjat Rossiya va ASEAN mamlakatlari oʻrtasida oʻzaro talabalar almashinuvi va universitetlar oʻrtasidagi hamkorilikni nazarda tutadi.

1967 yil janubi-sharqiy Osiyoning "kommunizmdan yiroq boʻlgan" beshta asosiy (Tailand, Indoneziya, Malayziya, Singarpur va Fillipin) davlatlari iqtisodiy va siyosiy manfaatlarini himoyalash maqsadida ASEAN (Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiyatsiyasi) tashkil qilingan edi. Bugungi kunda ushbu tashkilotga Vyetnam, Laos, Kamboja, Bruney va Myanma davlatlari ham qoʻshilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa "Rossiya — ASEAN" sammitida ishtirok etgan oʻz hamkasblarini, yaʼni osiyolik jurnalistlarni xursand qilishning oʻziga xos yoʻlini topdi. Zaxarova oʻOʻnlab jurnalistlar oldida "Kalinka"ga raqs tushdi.

 

Yangiliklar lentasi
0