EgyptAir: O‘rta Yer dengizidan topilgan bo‘laklar yo‘qolgan samolyotga tegishli

© AFP 2023 / Andy BuchananEgyptAir aviakompaniyasi
EgyptAir aviakompaniyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Misr armiyasining rasmiy vakili Muhammad Samir, samolyot bo‘laklari haqiqatan topilganini va ular g‘oyib bo‘lgan laynerga tegishliligini tasdiqladi.

TOShKENT, 20-may — Sputnik, Margarita Kislova. Misr Harbiy kuchlari Aleksandriya shahridan 290 km shimolda EgyptAir kompaniyasiga qarashli samolyot qoldiqlarini topdi, deb xabar qilmoqda Misr davlat televideniyesi, RIA Novosti xabari asosida.

Parijdagi Sharl de Goll aeroporti - Sputnik O‘zbekiston
Olland EgyptAir samolyoti halokatga uchragan, deb bayonot qildi
"ON-TV" telekanali, shuningdek, samolyot yo‘lovchilarining shaxsiy buyumlari haqida ma’lum qildi.

Misr armiyasining rasmiy vakili Muhammad Samir, samolyot bo‘laklari haqiqatan topilganini va ular g‘oyib bo‘lgan laynerga tegishliligini tasdiqladi.

Misr Qurolli kuchlari topilgan samolyot bo‘laklarini dengizdan olib chiqish bilan shug‘ullanmoqda. Qidiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, EgyptAir aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchilar samolyoti Misr havo hududida O‘rta Yer dengizi ustida radarlardan yo‘qolib qolgan. Layner bortida jami 66 nafar inson bo‘lgan.

Qutqaruv-qidiruv operatsiyalari Misr, Gretsiya, Fransiya, AQSh Harbiy Havo Kuchlari va Harbiy Dengiz Floti ishtirokida kechmoqda.

Samolyot qulagan deb taxmin qilinayotgan dengiz hududi katta chuqurlikka ega bo‘lgani, qolaversa, layner yo‘qolgan hudud ustidan tinimsiz parvozlar amalga oshirilishi sabab, qidiruv ishlarida qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0