TOShKENT, 19-may — Sputnik, Viktoriya Ivanova. Fransiya prezidenti samolyot halokati haqida e’lon qilar ekan, fojia joyi O‘rta yer dengizi, deb aytdi. RIA Novosti xabari asosida.
"Birorta gipotezani inkor eta olmaymiz, ammo hozircha fojia sababi mana shu deb, aniq sababni keltira olmaymiz", — deb ta’kidladi siyosatchi.
Parijdan Qohiraga qarab uchgan EgyptAir aviakompaniyasi samolyoti Misr havo hududida, O‘rta yer dengizi ustida radardan yo‘qolib qolgan. Layner bortida 56 nafar yo‘lovchi, o‘n nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan. Yo‘lovchilar taqdiri hozircha noma’lum.
SkyNews Arabia sputnik kanali xabariga ko‘ra samolyotda Misr, Saudiya Arabistoni, Fransiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Belgiya, Kanada, Quvayt, Sudan Chada, Jazoir va Iroq fuqarolari bo‘lgan.
Misr fuqarolar aviatsiyasi xizmati xabariga ko‘ra, A320 uchuvchisi so‘nggi seans vaqtida ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lgan va dispetcherlarga misrliklar tilida minnatdorchilik bildirgan. Ana shundan so‘ng ma’lum vaqt o‘tib, samolyot g‘oyib bo‘lgan.
Qohira halokat faktini hozircha tan olgani yo‘q.