TOShKENT, 20-may — Sputnik. Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi amaldagi sanksiyalarni kuchaytirish masalasini muhokama qilmaydi, deya bayonot berdi YeI rahbari Federika Mogerini, RIA Novosti xabari asosida.
Diplomatning so‘zlariga qaraganda, yaqin hafta ichida YeI a’zo-mamlakatlari ishtirokida amaldagi sanksiyalarni uzaytirish masalasida "siyosiy muzokaralar" o‘tkaziladi.
Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga e’lon qilingan sanksiyalarning amal qilish muddati 31-iyulda tugaydi. Sanksiyalarni uzaytirish masalasi esa 28-29 iyunda bo‘lib o‘tadigan sammitda ko‘rib chiqiladi.