TOShKENT, 26 mar — Sputnik. AQSh Davlat kotibi Djon Kerri Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda, agar Ukraina bo‘yicha “Minsk-2” kelishuvi to‘liq bajariladigan bo‘lsa, Barak Obama Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlashga tayyorligini ma’lum qildi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
"Prezident Obama “Minsk kelishuvi”ning barcha punktlari bajarilgan taqdirda, ya’ni Ukrainadan harbiy texnikalar va askarlar olib chiqilsa va mamlakatga suvereniteti qaytarilsa, Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlashga va’da berdi”, — dedi Kerri bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunidan so‘ng.
"So‘nggi yillarda Rossiya va AQSh o‘rtasida turli masalalarda kelishmovchiliklar bo‘lgani hech kimga sir emas. Ammo, bugungi muzokaralar hammasi ijobiy tomonga o‘zgarayotganini ko‘rsatmoqda. Rivojlanishdan ortda qolmaslik uchun hamisha qo‘ldan kelgancha harakat qilmoq kerak”, — deb qo‘shimcha qildi AQSh Davlat kotibi.