Islom Karimov va Bolgariya bosh vaziri iqtisodiy sohada hamkorlikni muhokama qilishdi

© Press-slujba Pravitelstva BolgariiO‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Bolgariya Bosh vaziri Boyko Borisov
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Bolgariya Bosh vaziri Boyko Borisov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan buyon Bolgariya hukumati raisi O‘zbekistonga birinchi bor tashrif buyurmoqda.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 18-may kuni Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisovni qabul qildi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Prezidenti matbuot-xizmati.

Islom Karimov ikki davlat munosabatlarida foydalanilmagan salohiyatlarni qayd etib, ikki davlat iqtisodi "bir-birini takrorlamasligini" ta’kidlagan. Borisov esa Bolgariyaning investitsiyaviy hamkorlik hamda mahsulotlar ayiboshlash hajmi oshirilishidan manfaatdor ekanini ta’kidlagan.

Uchrashuvda O‘zbekiston mahsulotlari Yevropa bozoriga, Bolgariya mahsulotlari esa Markaziy Osiyo hamda Xitoyga yetkazilishida transport infratuzilmasi va tranzit salohiyati ahamiyati qayd etilgan.

Shuningdek, tomonlar iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari — sanoat, transport kommunikatsiyalari, turizm, shuningdek, zamonaviy qo‘shma sanoat korxonalarini tashkil qilishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Bolgariya o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi yangi loyihalarni ishlab chiqish uchun ishbilarmon doiralar delegatsiyalari almashish bo‘yicha kelishib olindi.

Bolgariya bosh vaziri Toshkentga tashrifi doirasida "OGU-2016" ko‘rgazmasida doirasida motor moyi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan O‘zbekiston hamda Bolgariya qo‘shma korxonasi ochilishida ishtirok etdi.

Bolgariya Bosh vaziri Boyko Borisov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Bolgariya Bosh vaziri tashrif buyuradi
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2015-yilda 1,5 baravar oshib, 41,2 million dollarni tashkil etgan. O‘zbekistonda Bolgariya sarmoyasi ishtirokida 14ta korxona faoliyat ko‘rsatadi, ulardan 3tasi (kimyo, to‘qimachilik, qandolat, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi) 100 %ga bolgariyaliklar tomonidan sarmoyalashtirilgan.

Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari — sanoat, transport kommunikatsiyalari, turizm, shuningdek, zamonaviy qo‘shma sanoat korxonalarini tashkil qilishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0