O‘zbekistonga Bolgariya Bosh vaziri tashrif buyuradi

Obuna bo‘lish
Bolgariya Bosh vaziri Borisov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov bilan uchrashadi.

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Bolgariya Bosh vaziri Boyko Borisov 17-may kuni ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar matbuot-xizmati.

O‘zbekiston TIV axborot-xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif chog‘ida Bolgariya Bosh vaziri Borisovning O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvi rejalashtirilgan. Bolgariya delegatsiyasi dasturidan "O‘zbekiston neft va gazi" 20-xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etish ham o‘rin olgan.

Ko‘rgazma Toshkent shahrida 18-20 may kunlari o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0