TOShKENT, 18-may — Sputnik. 14 may kuni Xovan qabristonida ro‘y bergan ommaviy mushtlashuv va otishma davomida halok bo‘lgan uch nafar Tojikiston fuqarolarining jasadlari chorshanba kuni erta tongda Dushanbe shahriga yetkazildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
""Tadjik Eyr" kompaniyasi samolyotlarida Tojikiston poytaxtiga Rog‘un shahrining uch fuqarosi — 26 yashar Suxrob Xushakov, 39 yashar Inoyat Rizoyev va 42 yashar Saynuriddin Sobirovlarning tobutlarini yetkazildi", — deyiladi Tojikiston IIV xabarida.
Jasad ortilgan tobutlarni halok bo‘lganlarning qarindoshlari, Mehnat va migratsiya vaziri Sumangul Tag‘ozoda kutib oldi. Halok bo‘lgan fuqarolar oilalariga respublika prezidenti Emomali Rahmon nomidan chuqur hamdardlik bildirildi.
Ommaviy mushtlashuv qatnashchilarining 12 nafari hech qanday hujjatga ega emasligi, 30 dan ziyodi esa Rossiyada noqonuniy ravishda yashab yurganligi aniqlandi. Xovan qabristoni rahbari egallab turgan lavozimidan chetlatildi. Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan qotillik yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.