TOShKENT, 18-may — Sputnik. Nashrda yozilishicha, ikki o‘rtada yuz bergan mojaroga to‘qnashuv aybdorlaridan birining qarindoshi qabri sifatsiz obodonlashtirilgani sabab bo‘lgan, deb xabar qiladi RIA Novosti.
Tojikistonliklar shu tarzda o‘ch olishgan, deb gumon qilgan erkak, "orani ochiq qilib olish uchun" sambochi-do‘stlarini chaqiradi. Tojikistonliklar "kattasi" va sambochilar uchrashuvi bir-biriga ziyon yetkazish va’dasi bilan yakun topgan, deb yozadi nashr. Mana shu uchrashuvdan so‘ng "sportchilar" Tojikiston fuqarolaridan pul undirishga qaror qilganlar.
Hal qiluvchi uchrashuv kuni, tojikistonliklar yuzga yaqin tanishlarini yordamga chaqirgan. "Yordamchilar" armatura va belkuraklar bilan qurollangan holda kelganini, kuchlar teng emasligini ko‘rgan "sportchilar" tojikistonliklarga qarata o‘q ochgan, deb yozadi "Ъ".