TOShKENT, 16-may – Sputnik. O‘zbekistonga uchuvchisiz qurilmalarni olib kirishga ruxsat berildi, deb xabar qilmoqda kun.uz.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-mayida qabul qilgan 150-qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 26-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi havo hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish choralari to‘g‘risida»gi 322-qaroriga aniqlik kiritilgan.
322-qarorga ko‘ra, 2015-yil 1-yanvardan e’tiboran O‘zbekiston hududiga uchuvchisiz uchish qurilmalari olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanish man etilgandi.
Aniqlik kiritilishicha, "Vazirlar Mahkamasi alohida hollarda, zarurat tug‘ilgan taqdirda qurilmalarni olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishga ruxsat berishi" ko‘zda tutilgan.