Angela Merkel qabulxonasiga cho‘chqa kallasini tashlab ketishdi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishGermaniya kansleri Angela Merkel
Germaniya kansleri Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Cho‘chqa kallasi yonidan kansler - Merkel nomiga atalgan tahdidlar bitilgan maktub ham topilgan.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. Germaniya politsiyasi GFR kansleri Angela Merkelga tegishli saylov okruglaridagi qabulxonalarning biriga haqoratomuz mazmunda yozilgan maktub bilan birga cho‘chqa kallasini tashlab ketgan noma’lum shaxslarni qidirmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlariga ko‘ra, politsiyachilar jonivor kallasini shanba kuni ertalab aniqlashgan. Tartib posbonlari maktub mazmunini oshkor qilmayapti. Ular xat shaxsan kanslerga atalganini aytishmoqda, xolos.

Germaniya kansleri Angela Merkel. - Sputnik O‘zbekiston
FT: Germaniya “Koln voqealari” uchun Angela Merkelni kechirmaydi
Kanslerga nisbatan amalga oshirilgan haqorat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Aytib o‘tish joizki, Angela Merkelning migrantlar borasidagi siyosati mamlakatda unga qarshi fikrlar ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, Yaqin Sharq mamlakatlaridan millionlab qochqinlar Germaniyaga kirib kelganidan so‘ng, bu norozilik kayfiyati yanada kuchaygan edi.

Yangiliklar lentasi
0