TOShKENT, 13-may — Sputnik. Davlat rahbarlari xavfsizligi uchun javob beruvchi AQSh maxfiy xizmati milliarder Donald Trampning sobiq xizmatchisiga nisbatan tergov boshlash arafasida. Milliarderning sobiq xizmatchisi AQSh prezidenti Barak Obamaga tahdid qilganlikda gumon qilinyapti, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Assoshieyted Press agentligi xabariga ko‘ra, Entoni Senekal (Anthony Senecal) Donald Trampga qarashli bo‘lgan Floridadagi klublarning birida xizmatchilarga boshchilik qilgan.
Aniq bo‘lishicha, Senekal bir necha marotaba Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Obama va uning oila a’zolari nomlariga provokatsion mish-mishlar qoldirgan.
Jumladan, 2015-yilning sentabrida sobiq xizmatkor Facebook ijtimoiy tarmog‘ida qilgan xiyonati uchun Obama harbiylar tomonidan dorga tortilishi kerakligini yozgan. Boshqa bir xabarda esa, u Obamani musulmon deb aytib, bu uchun haqoratli atamadan foydalangan.
Shu bilan birga, Senekal har safar Tramp nomidan gapirmayotganini, balki o‘z fikrini bayon qilayotganini alohida ta’kidlab o‘tgan.
Tramp va uning safdoshlari ayni vaqtda Senekalning harakatlarini qoralab, uning allaqachon ishdan bo‘shatilganini iddao qilishmoqda.