Rossiyada mehnatga layoqatli, ammo ishlamayotgan fuqarolar soliq to‘lashga majbur etilishi mumkin

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishPlyajda dam olayotgan erkak
Plyajda dam olayotgan erkak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaliklarning teng yarmidan ko‘pi tekinxo‘rlik to‘g‘risida qonun qabul qilinishi uchun ovoz bermoqda.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Rossiya Mehnat vazirligi mehnatga layoqatli, ammo, rasman hech qayerda ishlamayotgan shaxslarga nisbatan soliq solish g‘oyasini muhokama qilmoqda, deb xabar qildi payshanba kuni Rossiya Mehnat vazirining o‘rinbosari Andrey Pudov. U bu so‘zlarni "Ijtimoiy sug‘urtalash" mavzusida o‘tgan xalqaro konferensiyada aytdi, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Migrantlarning test topshirish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Rossiyada migrantlardan test olish jarayoni murakkablashtiriladi

"Balki, bu borada belorussiyalik hamkasblarimiz o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashar. Ularda keyingi vaqtlarda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi: Belorussiya hukumati, mehnatga layoqatli yoshda bo‘lgan, ammo mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmayotgan, davlatga sug‘urta badalini to‘lamayotgan shaxslarga nisbatan soliq joriy etgan. Ha, ular mana shunday jiddiy qaror qabul qilgan. Ular bu borada qarorni allaqachon qabul qilgan bo‘lsa, biz esa hozircha bu mavzuni muhokamaga qo‘yganmiz", — degan Pudov.

Mehnat vaziri o‘rinbosarining ushbu so‘zlari Rossiya jamoatchiligi o‘rtasida katta shov-shuvlar ko‘tardi. Shu bois, Mehnat vazirligi idorasi vakillari, sal vaqtdan keyin yuqoridagi ta’kid, Belorussiyada hayotga tatbiq etilgan tajriba muhokamasi davomida aytilganini ma’lum qilishdi.

Aniq loyihalar haqida esa hozircha ma’lumot yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0