TOShKENT, 11-may — Sputnik. Bundan buyon Moskva shahrida ishlash uchun kelgan chet el fuqarolari migratsiya markazidan nafaqat patent olishi, balki MMS mehnat birjasi orqali ishga joylashishi ham mumkin, MMS xabariga asosan.
Ushbu Mehnat birjasi tashkil qilinishining ish beruvchilarga ham migrantlarga ham foydali tomonlari ko‘p. Birinchidan, bu ikkala tomon uchun ham vaqt tejash imkonini beradi, ikkinchidan bilib-bilmay qonun buzish ehtimolini kamaytiradi.
Ish beruvchilar, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, rus tilini yetarli darajada biladigan va amal qiluvchi patentga ega bo‘lgan migrantlarni ishga yollash imkoniga ega bo‘ladi.
Ish qidirayotgan chet el fuqarolariga esa, turli tashkilot va kadrlar agentliklarga borib vaqt yo‘qotmasdan, yoki firibgarlarga duch kelmasdan, bir joyning o‘zida ish topish imkonini beradi.
Mehnat birjasiga ro‘yxatdan o‘tish uchun chet el fuqarosi anketa to‘ldiradi v ma’lumotlar Migratsiya markazi birjaisining ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. U yerdan anketalarni Moskva shahrida joylashgan, ishchi va xodim qidirayotgan har bir tashkilot ko‘rishi mumkin.