TOShKENT, 10-may — Sputnik, Aleksey Bogdanovskiy. AQSh prezidenti Barak Obama 2016-yil 21-28 may kunlari Vyetnam va Yaponiya davlatlariga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Oq uy ma’muriyati matbuot-xizmatidan olingan ma’lumot asosida.
Amerika rahbari Vyetnamda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik masalalari, xususan, xavfsizlik, global va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashadi. Shu bilan birga, Obama Xanoyeda ikki mamlakat munosabatlariga oid ma’ruza bilan chiqish qilib, Transtinchokeani savdo shartnomasini ilgari suradi.
Yaponiyada esa AQSh prezidenti "katta yettilik" sammitida ishtirok etib, Bosh vazir Sindzo Abe bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, 1945-yilda Amerika tomonidan bombardimon qilingan Xirosimaga tashrif uyushtiradi.