TOShKENT, 10-may — Sputnik. Turkiya prokuraturasi rossiyalik uchuvchining taxminiy qotili — Alparslon Chelikdan barcha ayblovlarni olib tashladi, deb xabar qildi seshanba kuni RIA Novosti.
Agentlik xabariga ko‘ra, bir kun oldin Chelikning advokati Murat Ustundag ayblanuvchidan barcha ayblar olib tashlangani haqida ma’lum qilgan. "Himoyachimni ayblash uchun asoslar yetarli emas, deb topilgani uchun, Turkiya hukumati undan ayblarni olib tashlashga qaror qildi", — degan u.
Shu bilan birga, Chelikning noqonuniy ravishda qurol saqlashi va olib yurishi yuzasidan tergov ishlari davom etayotganini aytib o‘tgan.
Turkiyaga qarashli F-16 qiruvchisi 2015-yilning 24-noyabri kuni Suriyada Rossiyaning Su-24 bombardimonchisini urib tushirdi. Katapulta yordamida sakragan uchuvchi Olesh Peshkov esa yerdan o‘qqa tutildi. Oradan ko‘p o‘tmay Alparslon Chelik o‘zining ushbu qotillikka aloqadorligi haqida ommaga ma’lum qilgan edi.
Aprel oyi boshida jangari Turkiya g‘arbidagi Izmir shahrida noqonuniy ravishda qurol saqlash va olib yurishda ayblanib, hibsga olindi. Tergov davomida Chelik jangarilar guruhi komandiri sifatida ushbu hodisa uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olganini, shaxsan o‘zi rossiyalik harbiy xizmatchini o‘qqa tutmaganini va bu borada hech qanday buruq bermaganini ma’lum qildi.