TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Turkiya hukumati bundan ancha vaqt oldin Suriya osmoni ustida urib tushirilgan Su-24 uchuvchisi o‘limi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan jangari – Alparslon Chelikni hibsga oldi, deb xabar qildi payshanba kuni Hurriyet nashri, RIA Novosti xabari asosida.
Chelik yaqinda Suriyadan qaytganligi ma’lum. U hukumat harbiylariga qarshi kurashayotgan jangarilar safida jang qilgani xabar qilinmoqda.
“Alparslon Chelik chorshanba kuni kechqurun Turkiya g‘arbidagi restoranlardan birida qo‘lga olindi”, deb yozadi nashr.
Chelikning qanday sabab bilan qo‘lga olinganligi oshkor qilinmayapti.