TOShKENT, 5-may — Sputnik. Qamchiq dovonida yuz bergan yer ko‘chishi oqibatlari to‘laligicha bartaraf etildi, avtomobillar harakati esa to‘liq hajmda qayta tiklandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vazirliklar vazirligidagi manba.
Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, dovonda ish olib borayotgan maxsus xizmatlar barcha kerakli texnika va jihozlar bilan ta’minlangan, shu bois, ko‘chki oqibatlarini qisqa muddatda bartaraf etishga muvaffaq bo‘lindi.
"Mutaxassislar kechadan buyon kechasiyu-kunduzi uzluksiz ish olib borishdi, 5-may kuni harakat qisman yo‘lga qo‘yilgan edi va sekin-asta to‘liq hajmda qayta tiklandi”, — deb ta’kidladi manba.
Mutaxassislar kelajakda shunday hodisalar qayta takrorlanmasligi uchun hozirda tog‘ yonbag‘irlarini o‘rganishmoqda. Shuningdek, mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha, 4-may kuni soat taxminan 14:00da Namangan viloyati Pop tumani Qamchiq dovoni hududida ko‘chki sodir bo‘lgan edi. Sodir bo‘lgan ko‘chki ostida ikkita avtomashina qolib ketgan. Besh kishi qurbon bo‘lgan. O‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, 6 kishining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lindi.