TOShKENT, 5-may — Sputnik, Fedor Smirnov. Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘lu payshanba kuni iste’foga chiqayotgani haqida e’lon qilishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti NTV telekanaliga asoslangan holda.
Xabar qilinishicha, mamlakat Bosh vaziri Turkiyadagi yetakchi Adolat va taraqqiyot partiyasining boshqaruv kengashi majlisidan keyin matbuot-anjumani o‘tkazib, bu haqda e’lon qilishi mumkin.
Bir kun oldin turk OAVlarida Adolat va taraqqiyot partiyasining navbatdan tashqari qurultoyi o‘tkazilishi va shu bilan birga Ahmad Dovuto‘g‘lu bu lavozimga o‘z nomzodini ko‘rsatmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ahmad Dovuto‘g‘lu 2014-yildan Turkiya Bosh vaziri lavozimini egallab keladi. So‘nggi vaqtlarda Erdo‘g‘on va Dovuto‘g‘lu o‘rtasida qurdlar muammosi hamda hukumatni tanqid qiluvchilarni ta’qib qilish masalalari borasida ziddiyatlar yuzaga kelgan.
Ekspertlar fikricha, agar Dovuto‘g‘lu iste’foga chiqadigan bo‘lsa, uning o‘rniga keladigan Bosh vazir Erdo‘g‘on yuritayotgan siyosatga qarshi borishi va har qancha bo‘lsada mustaqil siyosat yurita olishi dargumon.