May oyi bayramlarida qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan osiyolik qo‘lga olindi

© Sputnik / Tutov / Mediabankka o‘tishQo‘lga olingan jinoyatchi
Qo‘lga olingan jinoyatchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxs bilan birga katta miqdordagi qurol, porlovchi moddalar va terrorchilik faoliyatiga oid boshqa asbob-uskunalar qo‘lga olindi. Hibsga olinganlar iqrorlik ko‘rsatmalarini bermoqda.

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Moskva shahar Preobrajenskiy sudi may oyi bayramlarida Moskva hududida qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirishni rejalashtirgan terrorchini qamoqqa olish haqida sanksiya berdi, deb xabar qilmoqda sud matbuot-xizmati.

FXXning terrorchilikka qarshi o‘quv-mashg‘ulotlari - Sputnik O‘zbekiston
FXX O‘rta Osiyolik terrorchilarni qo‘lga oldi

"Sud 3-iyul sanasiga qadar, Oybek Saidovni hibsda ushlashga qaror qildi", — dedi sud matbuot-kotibi.

Jinoyatchi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining “noqonuniy ravishda qurol-yarog‘ sotish” hamda “huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hayotiga su’iqasd uyushtirish” moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.
Sal oldin Rossiya Federal Migratsiya Xizmati Moskva hududida may oyi bayramlarida terrorchilik aktlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan bir guruh markaziy osiyoliklar qo‘lga olingani haqida xabar qilgan edi. Terrorchilar Suriya va Turkiyada faoliyat yuritayotgan xalqaro terrorchilik uyushmalari rahbarlari ko‘rsatmalari asosida harakatlanganlari ma’lum.

Yangiliklar lentasi
0