TOShKENT, 5 may — Sputnik. Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olingan O‘rta Osiyo fuqarolari, may bayramlari kuni Moskva va Moskva viloyatida odam gavjum joylarni o‘qqa tutmoqchi bo‘lishgan, dedi huquqni saqlash organlari vakili, RIA Novostiga.
Kecha, chorshanba kuni, huquqni saqlash organlari bir guruh O‘rta Osiyo fuqarolarini qo‘lga olishdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra ular Suriya va Turkiyadagi xalqaro terrorchi tashkilotlar bilan aloqada bo‘lgan va ularning rahbariyati bo‘yrug‘i ostida terrorchilik akti tayorlagan.
Ayni damda terrorchilar o‘z ayblariga iqror bo‘lmoqda. Qo‘lga olingan shaxslarning ismi-sharifi hozircha e’lon qilinmagan. Tintuv vaqtida ularning turar joyidan katta miqdorda qurol-yarog‘, portlovchi moddalar va ekstremistik adabiyotlar topilgan.