TOShKENT, 4-may — Sputnik. Tojikiston hukumati tomonidan chiqarilgan, respublikada ruscha qo‘shimchalar bilan tugaydigan familiya va sharifladan foydalanishni ta’qiqlaydigan qonunga javoban, Rossiya Davlat Dumasi deputatlari keskin javob qaytarishga qaror qilishdi, deb xabar qiladi Sputnik Tojikiston.
"Govorit Moskva" nashri bergan xabarga ko‘ra, Ilya Drozdov "Tojikiston amaliy nuqtayi-nazardan to‘liq Rossiyaga tobeligi" haqida gapirgan. "Birinchi galda,- degan Drozdov. — bu bu migrantlar tomonidan mamlakatga yuborilayotgan moliyaviy mablag‘larga tegishlidir".
Parlament a’zosining ta’kidiga qaraganda, Rossiya Tojikiston oldiga bu masalani qat’iy qo‘yishi va viza tartibini kiritishga tayyorligini ma’lum qilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, endilikda yangi hujjat olayotgan tojikistonliklarning ism-shariflari tojikcha qo‘shimchalar bilan yoziladi, ruscha qo‘shimchalarga ega familiyalar ta’qiq ostiga olindi. Tojikistonda imzolangan yangi qonunga ko‘ra, endilikda familiya-shariflar tojikcha "zod", "zoda", "y", "iyon", "far" qo‘shimchalari yordamida shakllantiriladi. Masalan, "Karimzod" yoki "Karimzoda".
Ruscha qo‘shimchalardan voz kechishni 2007-yilda Tojikiston prezidenti Emomali Sharifovich Rahmonov boshlab bergan. U o‘z ism-sharifini Emomali Rahmon qilib o‘zgartirgan va uning ortidan boshqa amaldorlar ham xuddi shunday yo‘l tutishgan.