Ahmad Dovudo‘g‘li: Rossiya va Turkiya bir-biriga muhtoj

Obuna bo‘lish
Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li bergan bayonotga ko‘ra, “Su-24” mojarosiga qaramay, mintaqaning eng old davlatlari bo‘lib qolayotgan Moskva va Anqara bir-biriga muhtoj.

TOShKENT, 4 may — Sputnik. Turkiya Bosh Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi o‘tmishdagi yaxshi munosabatlar qayta tiklanishiga umid bildirmoqda. Jumladan, Al Jazeera Turk  telekanaliga bergan intervyusida u shunday dedi: “Hatti-harakatlarimiz yo‘nalishi avvalgidek qolmoqda. Rossiya va Turkiya shu kechayu-kunduzda mintaqadagi eng muhim davlatlar maqomiga ega. Biz bir-birimizga muhtojmiz. “Su-24” mojarosi Rossiyaga qarshi uyushtirilmagan edi”, RIA Novosti xabariga ko‘ra

Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li - Sputnik O‘zbekiston
Dovudo‘g‘li: Zarurat tug‘ilsa, Turkiya SARga piyoda qo‘shinlarini yuboradi

Jurnalistning: “Rossiya Turkiya piyoda qo‘shinlari Suriyaga kiritilishiga qarshi chiqishi va turk Harbiy Kuchlarini havodan turib bombardimon qilishi mumkinmi?”, degan savoliga Dovudo‘g‘li “yo‘q”, deya javob qaytardi.

"Bunday bo‘lishi mumkin emas. Bu yerlar Rossiyaga tegishli emas. Rossiya — BMTning doimiy a’zosi. BMTning “ID”ga qarshi kurash bo‘yicha chiqarilgan qarorlari esa barchaga ayon. Bu yerda gap bizning milliy xavfsizligimizga bo‘layotgan tahdid haqida bormoqda. Biz hech bir davlat, shu jumladan, Rossiya bilan ham qarama-qarshiliklarga borishni xohlamaymiz. Munosabatlarimiz avval yaxshi edi, kelajakda ham yaxshi bo‘lib qolishini xohlaymiz. Ammo, gap xavfsizligimizga borib taqalar ekan, uni ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz. Chunki, “ID” uyushmasi tomonidan bo‘layotgan tahdidga Rossiya emas, Turkiya duch kelmoqda”, deya qo‘shimcha qildi Dovudo‘g‘li.

2015 yil 24-noyabr kuni Turkiya qiruvchi samolyoti Rossiyaning Su-24 bombardimonchisini urib tushirganidan so‘ng Rossiya va Turkiya munosabatlari darz ketgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu hodisaga “terrorchilar hamtovoqlari tomonidan orqadan berilgan zarba” deya baho berdi va Turkiyaga nisbatan bir qator iqtisodiy choralar ko‘rish haqida farmon chiqardi.

Yangiliklar lentasi
0