TOShKENT, 4 may — Sputnik. Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li, agar shunga zarurat tug‘ilsa, Anqaraning SARga piyoda qo‘shinlarini kiritishga qurbi yetadi, deya bayonot qildi. RIA Novosti xabari asosida.
"Agar zarurat tug‘ilsa, biz Suriyaga qo‘shinlarni yuboramiz. Mamlakatimizni ichki va tashqi tomondan himoyalash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni qo‘llaymiz. BMT “ID”ga qarshi kurashga qaratilgan ko‘plab qarorlarni qabul qildi. O‘zimizni himoyalashda, shu jumladan, terrorchilikka qarshi kurash olib borishimizda ham, ushbu qarorlar bizning hatti-harakatlarimiz qonuniyligini ta’minlaydi”, — deya bayonot qildi Turkiya Bosh vaziri Al Jazeera Turk telekanaliga bergan intervyusida.
"Ammo, — qo‘shimcha Dovuto‘g‘li. — Turkiya hukumati avvalgidek xalqaro kelishuvlarni ma’qul ko‘radi". Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, “Islom davlati” terrorchilik uyushmasining faoliyati – bu hammaga tegishli muammodir.