O‘zbekiston olma eksportini ikki barobar oshirmoqchi

© Sputnik / Oleg Makarov / Mediabankka o‘tishOlma va uzum
Olma va uzum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning 8 regionidan 400dan ziyod fermerlar turli navdagi olmalarni yetishtirishda bilimlarini yanada oshirishga yordam beradigan maxsus treninglarda ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, bog‘bonlarga yordam tariqasida, maxsus qo‘llanma nashrdan chiqarildi.

TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston yaqin yillarda olma eksportini ikki-uch barobarga oshirmoqchi. Bu natijaga, fermerlarning olma yetishtirishdagi intensiv bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan dastur asosida erishilishi ta’kidlanmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Karimov: O‘zbekiston Rossiyaga meva va sabzavot yetkazib berishda Turkiyaning o‘rnini bosa oladi

Savdo-sanoat palatasi va "O‘zbekiston biznes-forumi (faza-III)" BMT taraqqiyot dasturining hamkorlik loyihasi doirasida zamonaviy intensiv olma bog‘larini mahalliy iqlim sharoitlarida yetishtirish bo‘yicha amaliy qo‘llanma ishlab chiqildi.
Bugungi kunga kelib mamlakat qishloq xo‘jaligida hosil olishning intensiv usullarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda, bu qisqa muddatda hosildorlikni 2-3 barobar oshirish imkonini beradi. Masalan, oddiy mevali daraxtlarning ko‘chatini o‘tkazib, birinchi hosilini olgunicha 4-5 yilcha vaqt o‘tadi, intensiv bog‘dorchilikda esa daraxtlar 2-3 yilda meva beradi.
Yetarli bilimga ega bo‘lmagan fermerlar kam hosil oladilar, bu esa o‘z o‘rnida eksport uchun raqobatbardosh mahsulot yetkazib berish imkoniyatini pasaytiradi. Shuning uchun yangi qo‘llanma bog‘bon va fermerlarga olma yetishtirish bo‘yicha zarur malaka va texnologiyalarni egallashda yordam beradi.

Qo‘llanmaga qo‘shimcha ravishda "cho‘ntak kartochkalari" ishlab chiqilgan bo‘lib, bunday kartochkalar olmalarning navi, kasalliklari va zararkunandalari hamda ular bilan kurashish choralaridan voqif etadi.

Qo‘llanma va "cho‘ntak kartochkalari" maqsadli auditoriyalarda bepul tarqatiladi. Bundan tashqari fermerlar uchun dastur doirasida olma yetishtirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy treninglar o‘tkaziladi. Ularda respublikaning 6ta hududidan fermer xo‘jaligining jami 400 nafar vakili qatnashadi.
Bog‘dorchilik sohasidagi bunday yangiliklar yurtimizda yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga hamda O‘zbekiston agrar sektorining jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirishga imkon yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0