Turkiya Suriya bilan chegarada xalqaro kuzatuvchilar joylashtirilishiga qarshi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSuriya-Turkiya chegarasidagi holat
Suriya-Turkiya chegarasidagi holat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Bunga zarurat yo‘q”, deb ta’kidlamoqda Turkiya elchisi.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Turkiya hukumati Suriya bilan chegarada xalqaro kuzatuvchilar joylashtirilishiga zarurat yo‘q, deb hisoblaydi, deya bayonot qildi Turkiyaning Rossiyadagi elchisi Umid Yardim, RIA Novosti xabari asosida.

Baravariga o‘t ochish raketa qurilmasi - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya Suriya bilan chegarada raketa qurilmalarini joylashtirdi

"Bu masala kun tartibiga kiritilmagan. Qolaversa, bunday qilinishiga zarurat yo‘q, degan fikrdamiz", — deb ta’kidladi Yardim Moskvada bo‘lib o‘tgan Jurnalistlar Uyushmasi matbuot-anjumanida.
Moskva bir emas, ko‘plab marotaba Turkiya-Suriya chegarasida jangarilar xuddi o‘z uyida yurgandek harakatlanishidan havotir bildirgan va chegaraning aynan shu qismini yopish uchun choralar ko‘rishga qayta-qayta da’vat qilgan. Misol uchun, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov aprel oyi o‘rtalarida G‘arb Turkiya bilan muzokaralar olib borib, Suriya bilan chegarada xalqaro kuzatuvchilarni joylashtirish to‘g‘risida aniq bir javob olishiga umid bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0