Toshkentda oxirgi tramvay yo‘nalishi yopildi

© Sputnik / StringerToshkent tramvayi
Toshkent tramvayi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent hokimiyat 2012-yilda 20 mln Yevroga sotib olgan Chexiyaning 20 ta Vario LF vagonlariga xaridor qidirmoqda.

TOShKENT, 3-may — Sputnik. Dushanba 2-may kuni Toshkentdagi oxirgi 17chi yo‘nalish yopildi. O‘zbekiston poytaxtida tramvaylar 105-yil davomida faoliyat ko‘rsatdi.

“Oxirgi tramvay yo‘nalishi yopildi, ushbu transport turini ekspluatatsiya qilgan korxona mulki sotuvga qo‘yilgan”, — dedi Toshkent hokimiyati.

Toshkent tramvayi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 12 va 26 tramvay yo‘nalishlari yopildi

Ayni damda, Toshkent hokimiyati tomonidan 2012-yilda 20 mln Yevroga sotib olgan Chexiyaning 20 ta Vario LF vagonlariga xaridor qidirilmoqda. 

Toshkent hokimiyati matubot xizmati oldin poytaxtda qolgan 87,8 km tramvay yo‘lari yozga qadar olib tashlanishi va yopilgan tramvay yo‘llari o‘rniga avtobus yo‘nalishlari kiritilishi haqida xabar bergan edi.

2010 yilda Toshkent hokimiyati barcha amal qilayotgan trolleybus yo‘nalishlarini yopish haqida buyruq chiqargan edi.

Toshkentda tramvay yo‘llari qurilishi 1896-yilda Toshkent shahar Upravasi va Belgiyaning Societe Generale de Belgique bilan shartnoma asosaida boshlandi. Birinchi elektr tramvayi 1912-yilning 30-dekabrida ishga tushdi. 1990-yillar boshida O‘zbekiston poytaxtida tramvay yo‘llari uzunligi 270 kilometrni tashkil qilardi, tramvaylar soni esa 500 dan ko‘p edi.

Barselonada zamonaviy tramvay - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Tramvaydan voz kechish - bu soddalik

Tramvay yo‘nalishlarini qisqartirish O‘zbekistonda 12-yil avval boshlandi. Bugungi kunda “Toshkent tramvayi” korxonasi hisobida 87 tramvay qolgan. Ulardan 60tasi Chexiyada ishlab chiqarilgan va 30ga yaqini Rossiyaning Ust-Katavsk shahrida ishlab chiqarilgan vagonlardir.

Toshkent shahar yo‘lovchi tashish korxonalari tomonidan kuniga 2 mlnga yaqin yo‘lovchi tashiladi. Ulardan 1,5 mln kishi avtobuslarda,  200 mingdan ko‘pi – metropolitenda va 100 mingga yaqini – tramvayda.

 

Yangiliklar lentasi
0