TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Toshkentda “Beshqayrog‘och” dahasidan “Beruniy” metrosigacha yuradigan 12 – yo‘nalish bo‘yicha va “Qo‘yliq-6” dan “Toshkent” vokzaligacha yuradigan 26 – yo‘nalish bo‘yicha tramvaylar harakati to‘xtatildi, Gazeta.uz "Toshkent tramvayi" korxonasi xabari asosida.
Hozirgi kunda Toshkentda tramvaylar to‘rt yo‘nalish bo‘yicha yurmoqda: №8 — "Beshqayrog‘och" mavzesidan "Oqtepa" maydonigacha, №9 — "Toshkent" vokzalidan "Chilanzar-26" massivigacha, №13 — "Toshkent" vokzalidan "Qo‘yliq markaz"gacha va №17 — "Beshqayrog‘och" massividan "Ippodrom"gacha.
Shu yilning avgust oyigacha tramvay yo‘llari olib tashlanishi kerak, dedi shahar hokimi Rahmonbek Usmonov. Tramvaylar o‘rniga ushbu yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslar yurishiga qaramasdan, shahar aholisining ko‘pchilligi tarsmvaydan voz kechish qaroriga qarshi.