TOShKENT, 2-may — Sputnik. Germaniyaning Süddeutsche Zeitung gazetasi Atlantika mamlakatlari savdo va investitsiyalar hamkorligi (TTIP) shatnomasiga doir bir qator hujjatlarni e’lon qildi. Ushbu maxfiy hujjatlar nashrga Greenpeace tashkiloti tomonidan taqdim etilgan, RIA Novosti xabari asosida.
Ularda aytilishiga ko‘ra, TTIP shartnomasi doirasida, AQSh Yevropa Ittifoqi mamalkatlariga jiddiy bosim o‘tkazmoqda. AQSh YeIning genetik modifikatsiya qilingan mahsulotlar va tarkibida gormonli moddalar bo‘lgan go‘sht mahsulotlari tarqalish siyosatidan norozilik bildirmoqda.
Xususan, agar YeI AQShdan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotib olishdan bosh tortsa, Vashington Yevropada ishlab chiqarilgan avtomobillar importiga cheklov qo‘yishbilan po‘pisa qilmoqda.
Vashington fikriga ko‘ra, yuqorida aytilgan mahsulotlar inson sog‘lig‘iga zarali ekanligi ilmiy yo‘l bilan isbotlangan hollardagina, ularni ta’qiqlash mumkin, demoqda.
Ushbu hujjatlar chop etilishidan oldin AQSh bu borada Yevropaliklar fikriga hurmat bilan qarashi ta’kidlangan edi.
Umuman olganda, ushbu maxfiy hujjatlar TTIP shartnomasi tomonidan kutilgan barcha xavotirlar — asosli ekanligini isbotladi, deb yozadi nashr.
Ekspertlar nuqtayi nazaridan ushbu shartnomani imzolash Yevropa hududiga jiddiy ekologik zarar yetkizishi mumkin. Bu borada Süddeutsche Zeitung quyidagi misolni keltiradi: Yevropa ittifoqida kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarganda 1382 turdagi kimoviy moddalardan foydalanish ta’qiqlangan, AQShda bo‘lsa – bor-yo‘g‘i 11 ta.
Yana bir misol, Yevropada yangi yaratilgan oziq ovqat mahsulotlari, to ularning mutlaq zararsizligi isbotlanmagunicha, sotish ta’qiqlanadi. AQShda bo‘lsa, yaratilgan mahsulotlar, to ulardan biror kishi jabrlanmagunicha, yoki ularning zarari ilimiy usul bilan isbotlanmagunicha — sotuvga ta’qiqlanmaydi.
Ushbu hujjatlarga ko‘ra, Yevropa jamiyati yaqin kelajakda o‘zini nima kutayotganidan xabardor bo‘lishi mumkin. Shu bugunga qadar ushbu shartnoma nimalarni olib kelishi haqida, biz faqat taxmin qilishimiz mumkin edi, — deydi Greenpeace mutaxassisi Yurgen Knirsh.
TTIP — Transatlantic Trade and Investment Partnership — Atlantika mamlakatlari savdo va investitsiyalar hamkorligi shartnomasi, 2013-yildan beri AQSh Yevropa bilan imzolashga urinayotgan eng yirik loyihalardan biridir. Shuncha vaqt davomida uning asosiy shartlari va mohiyati barchadan sir saqlanib kelinayotgan edi.
“Ushbu shartnoma 21-asrda AQSh va Yevropa mamlakatlariga dunyoning boshqa mamlakatlariga savdo qoidalarini buyurish imkonini beradi” – deb ta’kidlagan edi AQSh.
Boshqa mutaxasislar esa TTIPga — “Savdo NATOsi” deb nom bergan edi. Ya’ni TTIP shartnomasiga ko‘ra, AQSh va Yevropa dunyo iqtisodining Xitoy, Rossiya, Braziliya, Hindiston kabi boshqa yirik ishtirokchilariga o‘z talablarini qo‘yish imkoniga ega bo‘ladi.
Shartnomaning yana bir "mohiyati" — bu yirik korporsiyalarga cheksiz imkoniyatlar va vakolatlar berilishi. Xususan, ular butun boshli mamlakatlarga o‘z talablarini qo‘yishi imkoniga ega bo‘lar ekan. TTIPga ko‘ra, kelajakda "betaraf sudlar" tashkil qilinib, ularning qarori alohida mamlakatlar qonunchiligidan ustun bo‘lar ekan.
Xuddi shunga o‘xshash vaziyat o‘tgan yili sodir bo‘ldi. Gollandiya arbitraj sudi, sobiq Rossiya oligarxi Xodorkovskiy talabiga binoan, Rossiyadan 50 milliard dollar undirish haqidagi qaror chiqardi. (Bu, hoynahoy, bo‘lajak "betaraf sudlar"ning o‘quv-amaliy mashg‘uloti bo‘lsa kerak.) Keyinroq, ma’lum bo‘lishicha, Gollandiya arbitraj sudining bunday qaror qabul qilishga, umuman vakolati yo‘q ekan.